ТеплоВиКMuhandislik tizimlari

Bosh sahifa/Oʻquv kurslari

◆HVAC Academy · Oʻquv kurslari

HVAC Academy — tizimni chamalab emas, hisoblab yigʻishni oʻrgatadigan kurs

Issiqlik yoʻqotish hisobidan qozonxona avtomatikasigacha besh modul. Har bir modul oxirida Excel jadval — unga oʻz obyektingizni qoʻyasiz.

+998 97 407 99 29

Format, yaqin sanalar va narxni telefon orqali aniqlashtiring.

Isitish tizimi · prinsipial sxemakontur ishlamoqda
0102РО04ТП070508030670,0 °C50,2 °C68,5 °C55,0 °C41,8 °CLoyiha rejimi · −15 °C01  Qozon02  Gidrostrelka03  Radiator nasosi04  Radiatorlar05  Issiq pol aralashtirish tuguni06  Issiq pol nasosi07  Issiq pol08  Kengaytirish baki

Bu kim uchun

uch rol, bitta sabab
01

Montajchilarga

Oʻtgan obyektdagi sxemani takrorlashni bas qilib, hisoblashni boshlash uchun. Hisob maydondagi bahslarning koʻpini boshlanmasidan yopadi.

02

Loyihachilarga

Gidravlika, balanslash va qozonxona sxemalari darslik darajasida emas, ishchi yechim darajasida. Haqiqatan montajga ketadigan narsalar tahlili bilan.

03

Sotuvchi va yetkazib beruvchilarga

Montajchi bilan uning tilida gaplashish uchun: u nimani va nega tanlayotganini tushunish va masala boshqa tugunda boʻlganda qozon taklif qilmaslik.

Dastur

besh modul
1-modul — Issiqlik yoʻqotish8
  1. Tashqi konstruksiyalarni oʻlchash qoidalari
  2. Issiqlik texnikasi hisob-kitobi
  3. Ichki va tashqi havo koʻrsatkichlari
  4. Issiqlik yoʻqotishdagi qoʻshimcha koeffitsiyentlar
  5. Issiqlik saqlovchi qismlarning koeffitsiyenti
  6. Uyni izolyatsiya qilish orqali issiqlik yoʻqotishni kamaytirish
  7. Amaliyot: 350 m² uy misolida issiqlik yoʻqotishni hisoblash
  8. Hisob-kitoblar uchun Excel jadval
2-modul — Radiator tizimi9
  1. Radiator turlari
  2. Radiator oʻrnatishdagi qoidalar
  3. Radiator, konvektor va fankoyllarning haqiqiy quvvatini hisoblash
  4. Radiator tizimi gidravlikasi: quvur diametri va nasoslar
  5. Barcha qavatlar radiatorlarini bitta nasos orqali ishlatish
  6. Nurli (luchevoy) radiator tizimi
  7. Radiator kranlarini toʻgʻri sozlash
  8. Radiator va konvektorlarni xona termostatlariga ulash va telefondan boshqarish
  9. Hisob-kitoblar uchun Excel jadval
3-modul — Issiq pol tizimi8
  1. Issiq pol qilishdagi qoidalar
  2. Pol yuzasi harorati boʻyicha talablar
  3. Issiq pol quvvatini HERZ CO dasturida hisoblash
  4. Issiq pol gidravlikasi: quvur diametri va nasoslar
  5. Quvvatni xonalarga taqsimlash va yetmagan joyga radiator tanlash
  6. Butun uy issiq polini bitta nasos orqali ishlatish
  7. Xona termostatlariga ulash va telefondan boshqarish
  8. Hisob-kitoblar uchun Excel jadval
4-modul — Qozonxona8
  1. Isitish tizimi uchun kengaytirish baki
  2. Gidravlik boʻluvchi (gidrostrelka)
  3. Birlamchi-ikkilamchi halqa
  4. Isitish tizimini balanslash
  5. Qozonxonaning prinsipial sxemasi
  6. Qozonxona uchun turli sxemalar
  7. Qozonxona avtomatikasi: ob-havoga qarab ishlatish, telefondan boshqarish, xarajatni 20–50% tejash
  8. Hisob-kitoblar uchun Excel jadval
5-modul — Kengaytirilgan mavzular7
  1. Issiqlik nasosini tanlash, tizimga moslash, oʻrnatish va ishga tushirish
  2. Qattiq yoqilgʻili qozon bilan ishlaydigan tizim
  3. Suv taʼminoti
  4. Bosim nasoslari
  5. Boyler hisob-kitobi
  6. Basseyn suvini isitish
  7. Avtomatik sugʻorish tizimlari (Hunter)

Nimani oʻqishni va hisoblashni oʻrganasiz

chizma — birinchi ekranda, uskuna — zalda

Yuqoridagi chizma — qozonxonaning prinsipial sxemasi, obyektda qanday yigʻilsa, shunday chizilgan. U jonli: rejimlar oʻzi almashadi, haroratlar qayta hisoblanadi, nasoslar aylanadi.

Toʻrtinchi modulda uni tugunlar boʻyicha tahlil qilamiz: gidravlik strelka nima uchun kerak, kengaytirish baki qayerda turadi, issiq polning aralashmasi qanday hisoblanadi va konturlar ajratilmasa qozon nega takt qiladi.

Kursdan keyin bunday sxemani nafaqat oʻqiysiz, balki oʻz obyektingiz uchun chizasiz — diametrlar, sarflar va kran sozlamalari bilan.

Yonida — shourumimizdagi qozonlar devori. Mashgʻulotlar shu yerda oʻtadi: avval tugun chizmada, keyin oʻsha tugun qoʻlda.

TeploViK shourumidagi qozonlar devori, Toshkent

Modullardan tashqari nima kiradi

bonuslar
  1. 01Suv filtrlash
  2. 02Hisob-kitob boʻyicha yangi dasturga 3 oylik bepul kirish
  3. 03Ziyodullo Abduqaxxarov bilan bir kunlik savol-javob
  4. 04Kurs tugagandan keyin 6 oy qoʻllab-quvvatlash
  5. 05Oʻzingizning 2 ta obyektingizni tekshirib berish

Yaqin oqimga yozilish

Ariza qoldiring — format, sanalar va narx haqida aytamiz va dastur boʻyicha savollarga javob beramiz.

+998 97 407 99 29